Fermin Lopez yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'lishiga qaramay, munosib… — FCB.uz | Rasmiy Kanal — TG.ME

Fermin Lopez yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'lishiga qaramay, munosib e'tirofga erishmayotgandek tuyulmaydimi?

Hansi Flick: Jamoa ichida bunday emas, chunki u qanday darajadagi futbolchi ekanini juda yaxshi bilamiz.

Unda ulkan energiya va shiddat bor. Fermin jarima maydonchasi ichida va uning atrofida juda xavfli, shuningdek gollar ura oladi.

Topsiz o'yinda u doimo pressang qiladi va to'pni qaytarib olishga intiladi — bu biz uchun juda muhim.

Ba'zan to'pni biroz ko'proq nazorat qilishini xohlayman, lekin u hali ham yosh futbolchi. Uning asosiy kuchi — to'p o'zida bo'lganida ham shu shiddatni saqlab qolishida. Shu sababli ba'zida xatolar bo'lib turadi, lekin u ajoyib ish bajarmoqda.

Bugungi asosiy tarkib jamoa uchun imkon qadar eng kuchlisi bo'ldimi?

🎙️ Hansi Flick: Bu ushbu o'yin uchun eng to'g'ri tarkib edi, lekin bizda asosiy tarkibda tushishga loyiq futbolchilar ko'p. Tarkibimizda mahoratli o'yinchilar juda ko'p, mening vazifam esa buni boshqarish va hammani mamnun qilishga urinishdir — bu oson emas.

Shuningdek, Dani Olmo'dan ham juda ko'nglim to'ldi. U maydonga tushganda ajoyib o'yin ko'rsatadi, har doim ko'prog'ini xohlaydi va diqqatini to'liq qaratadi. Albatta, u asosiy tarkibda tushmaganida xafa bo'ladi, chunki har bir futbolchi boshlang'ich tarkibda o'ynashni istaydi, lekin biz doimo eng kuchli tarkibni tushirishga harakat qilamiz.

Rodri jamoaga nima bera olyapti?

🎙️ Hansi Flick: U biz bilan birga ekanligidan juda xursandmiz. Uning to'p bilan bajaradigan har bir harakati va maydondagi barcha amallari katta ahamiyatga ega.

U to'p bizda bo'lganida ham, to'pni yo'qotganimizda ham jamoaga tuzilma va tartib beradi.

Shu bilan birga, Marc Bernal ham ajoyib ish o'tkazmoqda. O'ylaymanki, Rodri'ning borligi u uchun yaxshi imkoniyat va agar undan to'g'ri foydalansa, yanada rivojlanadi hamda kuchayadi.

Rodri — nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham fantastik futbolchi. U tug'ma yetakchi va u biz bilan ekani juda yaxshi.
❤310👍62🔥175💙2👏1💯1🫡1
September 6, 2026 28.5K 17 2