🗣 Alex Delmas (La Vanguar) : "Rayo Vallecano"ga qarshi o'yin yaxshilanishi kerak bo'lgan bitta aniq jihatni ko'rsatib berdi: jamoa hisobda oldinda borayotganda tempni pasaytirish va o'yinni nazorat qilish. Bunga matbuot anjumanida Hansi Flick ham to'xtalib o'tdi.
"Barcelona"ning yaqqol ustunligi sababli o'yin biroz ochiq tus oldi va raqib bundan foydalanib hisobni tenglashtirishga harakat qildi, 4 marta zarba berdi va xavfli qarshi hujumlar tashkil etdi.
Masalan, 55- va 70-daqiqalar oralig'ida "Barcelona"ning to'p nazorati 68% dan 58% ga tushib ketdi va jamoa maydon markazida to'pni 10 marta yo'qotdi.
Jamoa tempni pasaytirishni, to'p nazoratini saqlashni va faqat bo'sh hududlar paydo bo'lganda tezlikni oshirishni o'rganishi kerak. Bu o'rinda Pedri bilan birga o'yinning bunday bosqichlarini to'g'ri o'qiy oladigan Rodri kabi futbolchilarning roli juda muhim.
www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!
Instagram | Telegram

401
62
4
3
2September 6, 2026 28.9K 18