Jules Koundéni bugun markaziy himoyachi sifatida mashq qilayotganini… — FCB.uz | Rasmiy Kanal — TG.ME

Jules Koundéni bugun markaziy himoyachi sifatida mashq qilayotganini ko‘rdik. Siz uni markaziy himoyachi sifatida ham sinab ko‘ryapsizmi? Ayniqsa, chap oyoqli markaziy himoyachi transfer qilinmagani uchun u muqobil variant bo‘lishi mumkinmi? Shuningdek, uning dastlabki mavsumdagi eng yaxshi formasini qaytarish uchun nima qilish kerak?

🎙 Hansi Flick: Jules ajoyib professional futbolchi. Mavsum boshida asosiy tarkibdan joy olmagan paytlarida ham bu vaziyatni qiyinchilik va raqobat sifatida qabul qiladi. Mashg‘ulotlarda esa doimo bor kuchini beradi.

Albatta, yaqinda u bilan markaziy himoyachi sifatida o‘ynash imkoniyati haqida suhbatlashdik.

Men uning o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynashni afzal ko‘rishini bilaman. Menimcha, u biz bilan birinchi mavsumida aynan shu pozitsiyada o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etgan.

Shuning uchun biz unga o‘sha darajasiga qaytishiga yordam bermoqchimiz. Bu — bizning vazifamiz.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
❤172👍32🤬84👏1💙1
September 5, 2026 22.2K 11