🗣 Javi Miguel (AS):
Frenkie de Jong jarohatidan 2 oy o'tsa ham o'z fikrida qolmoqda. Klub jarrohlik amaliyotini eng maqbul yechim deb bilsa, futbolchi jarrohliksiz barcha muqobil yollarni sinab ko'rmoqchi.
Futbolchiga ikki xil yechim taklif qilingan edi: Jarrohlik amaliyoti — bu 5-6 oyga safdan chiqishni anglatadi, ammo o'ng tizzaning 100% tiklanishiga kafolat beradi. Ikkinchi variant — konservativ davolanish, agar muvaffaqiyatli kechsa 3 oyda qaytish imkonini beradi, lekin tizzaning to'liq tiklanishiga kafolat yo'q.
Shifokorlar tavsiyasiga qarshi ravishda Frenkie de Jong konservativ davolanishni tanladi. Bir yarim oylik reabilitatsiyadan so'ng, 25-avgust kuni u tizzasining holatini tekshirish uchun maydonga tushdi, lekin afsuski ijobiy o'zgarish sezilmadi va u tushkun kayfiyatda maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!
Instagram | Telegram

310
142
41
14
3
2
2September 4, 2026 31.3K 113 1