Beto Abril (MD): Xavi asosiy jamoaning kiyinish xonasiga sokinlik… — FCB.uz | Rasmiy Kanal — TG.ME

Beto Abril (MD):

Xavi asosiy jamoaning kiyinish xonasiga sokinlik bilan, ortiqcha shov-shuvlarsiz kirib keldi. Biroq Lamine Yamal, Pau Kubarsi va Marc Bernal kabi o‘z avlodidagi jamoadoshlari tomonidan katta qo‘llab-quvvatlandi.

Balki u haqida eng kam gapirilgan futbolchi bo‘lgandir. Ammo Hansi Flick Xavi Espart yuqori darajadagi futbolchi ekanini qat’iy ta’kidladi, hatto uni Philipp Lahm bilan taqqosladi. Shaxsan men esa unda Xavi Hernándezni ko‘ra boshladim.

Aniq bo‘lgan narsa — Xavi Espart Flickning to‘liq ishonchiga ega. U La Ligadagi dastlabki uchta uchrashuvda ham asosiy tarkibda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Uning eng katta ustunligi bu yarim himoyachidan qanot himoyachisiga aylangan bu futbolchining xotirjamligi, maydonni ko‘ra bilishi va bir nechta pozitsiyada o‘ynay olish qobiliyatidir. Hozircha Flick uni chap qanot himoyasida Cancelo va Baldedan ustun ko‘rmoqda.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
❤503👍70👀47💙28🔥9🤬54👏3
September 3, 2026 30.7K 105 4