Barcelona" Marc Casadóning ketishini so'nggi daqiqalarda, o'zaro… — FCB.uz | Rasmiy Kanal — TG.ME

📰📰📰 | ✅"Barcelona" Marc Casadóning ketishini so'nggi daqiqalarda, o'zaro murosa kelishuvi bilan rasmiylashtirdi.

Vaziyatdan eng unumli foydalangan tomon futbolchining o'zi bo'ldi — u Riazorda doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ideal muhitni topdi.

"Barcelona" esa so'nggi daqiqagacha moliyaviy daromad olish umidida kutdi. Avvalroq transfer summasi 30 mln. euro va 40 mln. euro atrofida bo'lishi aytilgandi.

Yakunda "Barcelona" g'aznasiga Marc Casadó uchun hech qanday pul tushmadi. Shunga qaramay, umuman olganda muxlislar bu transferdan mamnun.


☑️ www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti! ✅

📲Instagram | 📲Telegram
❤416👍85💙48😁13🤬4🫡33👏22
September 2, 2026 32.4K 45