MD] | Deconing "Barcelona"dagi islohotlari va asosiy qarorlari. Yozgi… — FCB.uz | Rasmiy Kanal — TG.ME

[MD] | Deconing "Barcelona"dagi islohotlari va asosiy qarorlari.

Yozgi transfer oynasi yakunlariga ko'ra, Deco ajoyib ish olib borgani va "Barcelona" tarkibi o'tgan mavsumdagiga qaraganda ancha kuchaygani ta'kidlanmoqda.

Deco'ning bu yozdagi eng muhim qarori yangi transfer emas, balki "Barcelona B" va asosiy jamoa tuzilmasini birlashtirish bo'ldi. Endi u o'rinbosarlar jamoasiga ham shaxsan mas'uldir.

Asosiy maqsad — o'yinchilar rivojlanishining so'nggi bosqichlarini bo'lib tashlamasdan, La Masiadan to asosiy jamoagacha yagona ish tizimini yo'lga qo'yish.

Shuningdek, "Barcelona" La Masia akademiyasidan faqat iqtidorlar manbai sifatida emas, balki klub uchun ko'proq daromad keltiradigan aktiv sifatida ham foydalanishni ko'zlamoqda.


www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!

Instagram | Telegram
❤292👍54😁21💙12🔥64
September 2, 2026 18.5K 42