26-dars. dict: kalit va qiymat
dict ma’lumotni kalit: qiymat juftligi sifatida saqlaydi. Kalit orqali o‘qiymiz yoki yangilaymiz. get() yo‘q kalit uchun standart javob bera oladi; [] bilan yo‘q kalitni olish KeyError chiqaradi.
💻 Misol:
talaba = {"ism": "Ali", "ball": 80}
talaba["ball"] = 95
print(talaba["ism"])
print(talaba["ball"])
print(talaba.get("shahar", "Noma’lum"))✅ Natija: Ali
95
Noma’lum
🎯 Mashq: Kitobning nomi, muallifi va narxini lug‘atda saqlang. Narxini yangilang.
⚡ FAST CODER | @Fast_Coder
#Python #Dars26

