TEATR HAFTALIGI: OCHIQ ESHIKLAR KUNI YAKUNLANDI Farg‘ona viloyati… — FARG'ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRI (Rasmiy) 🎭 — TG.ME

🎭 TEATR HAFTALIGI: OCHIQ ESHIKLAR KUNI YAKUNLANDI

Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida Teatr haftaligi doirasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” o‘z nihoyasiga yetdi.

Mazkur kun davomida teatr ixlosmandlari uchun san’at va ijod olamiga yanada yaqinlashish, sahna ortidagi jarayonlar bilan tanishish hamda teatr ijodkorlarining mehnatiga guvoh bo‘lish imkoniyati yaratildi. 🎭

Teatr haftaligi doirasida tomoshabinlarga bir qator mazmunli va ta’sirchan spektakllar namoyish etildi:

🎬 “Ufq” — Said Ahmad romani asosida sahnalashtirilgan spektakl;
🎬 “Laylak nolasi” — Sulton Rayev asari;
🎬 “Bo‘linganni bo‘ri yer” — Gulchehrabonu asari.

Har bir spektakl tomoshabinni chuqur mushohadaga chorlab, inson taqdiri, hayot haqiqati, mehr-oqibat va jamiyatdagi muhim masalalarni sahna tili orqali yoritib berdi.

🎭 Teatr haftaligi — san’atni targ‘ib qilish, tomoshabin va teatr ijodkorlari o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim tashabbusdir.
September 5, 2026 89 2