Hurmatli mijozlar!
Sizlarga yanada tezkor, xavfsiz va barqaror yuk tashish xizmatlarini taqdim etish maqsadida BTS Express Cargo Servis xizmat ko‘rsatish jarayonlarini muntazam takomillashtirib bormoqda.
Xizmat sifatini oshirish, yuklar xavfsizligini yanada mustahkamlash, yetkazib berish jarayonlarini optimallashtirish hamda zamonaviy logistika yechimlarini joriy etish doirasida tariflarimiz yangilanmoqda.
🔺 2026-yil 1-sentabrdan boshlab BTS Express Cargo Servis xizmatlari uchun yangi tariflar amal qiladi.
Ushbu yangilanish orqali siz:
— yanada barqaror va tezkor xizmat;
— yuklarni ishonchli tashish va nazorat qilish;
— takomillashtirilgan logistika jarayonlari;
— yuqori xizmat ko‘rsatish standartlariga ega bo‘lasiz.
Mijozlarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysi ichidagi barcha jo‘natmalar endilikda 0 zona tarifi bo‘yicha hisoblanadi. Shuningdek, Samarqand, Jizzax va Guliston o‘rtasidagi jo‘natmalar uchun ham 0 zona tarifi joriy etildi. Bu esa mazkur hududlar o‘rtasida jo‘natmalarni yanada qulay narxlarda yuborish imkonini beradi.
Yangilangan tariflar bilan batafsil tanishish uchun ushbu havolaga o‘tishingiz yoki sizga yaqin BTS Express filialiga murojaat qilishingiz mumkin.
Biz bilan ekaningiz va ishonchingiz uchun rahmat!
BTS Express — siz eng yaxshisiga loyiqsiz.

10
2
1