DIQQAT, BITIRUVCHILAR! Toshkent Kimyo xalqaro universitetining… — REN LEN ISE ELE MEN MEC TRM SPT APP Dean Office — TG.ME

📢 DIQQAT, BITIRUVCHILAR!

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2026-yilgi bitiruv marosimlari 10, 11 va 12-avgust kunlari A blok foyesida bo‘lib o‘tadi.

Ilovadagi ro‘yxatga kiritilgan bitiruvchilar quyidagi kunlarda marosimda qatnashadilar:

🔴 10-AVGUST

Kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarini imtiyozli (qizil) diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar hamda magistratura bitiruvchilari.

🕙 Bitiruvchilarni kutib olish — soat 10:00 dan
🕚 Marosim boshlanishi — soat 11:00 da

🔵 11-AVGUST

Kunduzgi va kechki ta’lim shakllarini tamomlagan bitiruvchilar (ko‘k diplom sohiblari) hamda “Yo‘l harakatini boshqarish” yo‘nalishining sirtqi ta’lim shaklini tamomlagan bitiruvchilari (ko‘k diplom sohiblari).

🕙 Marosim boshlanishi — soat 10:00 da

📎 RO‘YXAT

Har bir bitiruvchining marosimda qatnashish kuni ilovadagi ro‘yxatning oxirgi ustunida ko‘rsatilgan.

⚠️ MUHIM IZOH

“Diplom darajasi” ustunida “Oddiy*” deb belgilangan talabalar 2026-yil 1-iyundan 31-iyulgacha barcha qarzdor fanlarini yopganlari sababli bitiruv marosimida qatnashadilar.

Ularning diplomlari va diplom ilovalari tayyor bo‘lganidan so‘ng topshiriladi.

👥 MEHMONLAR

Joylar cheklanganligi sababli har bir oiladan faqat bir nafar mehmon ishtirok etishi mumkin.

Bitiruvchilardan marosimga kechikmasdan kelishlari so‘raladi.

📍 MANZIL

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, A blok foyesi.
August 7, 2026 725 6