Kitoblarni kechiktirib bergan o‘qituvchidan sinf rahbarlikni olib… — eMaktab.uz — TG.ME

Kitoblarni kechiktirib bergan o‘qituvchidan sinf rahbarlikni olib qo‘yish to‘g‘rimi?

Savol:

Salom yaxshimisiz  1993 yildan boshlab ma'lumotim o'rta maxsus
Maktabda ishlab kelmoqdaman va 4 yildan buyon sinf bilan ishlayotgandim  2 sentabrda  kirob ustida ota-ona bilan kelishovchilik yuzaga keldi .Vazirlikka chiqib meni farzandimga kitob bermadi tel qilgan kitob   kam edi  to'liq hammasini. beraman degandim ( meni xatoim kam bo'lsa ham berishim kerak ekan kirobni )
Yuqoridagilar diplomni so'ragan  va o'rta maxsus deb sinf rahbarlikni olib qo'ydi shu to'g'rimi? Maslahat bering

JAVOB:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi” 3-bandiga ko‘ra, sinf rahbari:
👉 kamida uch yillik pedagogik ish stajiga ega;
👉 maktabda asosiy xodim bo‘lib ishlaydigan;
👉 boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega;
👉 o‘quvchilar bilan ishlashga mas’uliyat bilan yondasha oladigan o‘qituvchilar orasidan tanlanadi.

Mazkur bandda sinf rahbari albatta oliy ma’lumotli bo‘lishi kerakligi belgilanmagan. Siz 1993-yildan buyon pedagog bo‘lib ishlab kelayotgan bo‘lsangiz, ish staji talabiga javob berasiz.
Yo‘riqnomaning 3 va 10-bandlariga ko‘ra, direktor sinf rahbarini tayinlash va ozod etish vakolatiga ega, ammo faqat “o‘rta maxsus ma’lumotli” ekaningizni asos qilib sinf rahbarligini olib qo‘yish Yo‘riqnoma talablariga asoslanmagan.

Darslikni kechiktirib berganlik holati alohida tartibda o‘rganilishi mumkin. Biroq bu holat va ma’lumotingiz aralashtirilib, hujjatsiz ravishda sinf rahbarligidan chetlatishga asos bo‘lmaydi.

❗️Direktordan sinf rahbarligini olib qo‘yish haqidagi buyruq nusxasi va uning huquqiy asosini yozma ravishda so‘rang. Javob qoniqarsiz bo‘lsa, buyruq nusxasini ilova qilib tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga hamda tuman adliya bo‘limiga yozma murojaat qilishingiz mumkin.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
❤1
September 21, 2026 305 1