HURMATLI TALABALAR! Sizlarga muhim yangilikni ma'lum qilamiz. Oldingi… — 4-kurs Iqtisodiyot kunduzgi — TG.ME

📢 HURMATLI TALABALAR!

Sizlarga muhim yangilikni ma'lum qilamiz.

Oldingi semestr davomida HERO tizimi orqali baholash foizlik (100%) tizim asosida amalga oshirilgan edi.

✅ 2026-yil bahorgi semestrdan boshlab baholash tizimida o'zgarish joriy etildi — endi baholash ballik tizim asosida olib boriladi.

---

🎓 Barcha KUNDUZGI ta'lim shakli talabalar uchun:

📝 Joriy nazorat → 40 ball
📝 Oraliq nazorat → 20 ball
📝 Yakuniy nazorat → 40 ball
✅ Jami → 100 ball

⚠️ Bu talabalar joriy nazorat uchun berilgan topshiriqlardan olgan ballari qo'shilib boriladi.
Avvalgi kabi foizlarni hisoblab o'rtacha chiqarish talabi bekor qilindi.
To'g'ridan-to'g'ri Joriy, Oraliq va Yakuniy ballar qoʻshilib, jamlab boriladi.
April 2, 2026 569 1