CMF Top 3 o‘zgaradimi? Bugun xalqaro serverga chiqgan 3 ta Showtime… — eFHub | Rasmiy 🇺🇿 — TG.ME

CMF Top 3 o‘zgaradimi?

Bugun xalqaro serverga chiqgan 3 ta Showtime skillga ega Makélélé hozirgi eng ko‘p muhokama qilinayotgan kartalardan biri.

Nega Adriano'ning Snap Strike'i haqida bunchalik ko‘p gap bo‘lmagan?

Sababi yangi Makélélé'dagi uchta Showtime skill:

Phenomenal Passing + Long-reach Tackle + Shadow Hunt

hozircha yarim himoyachilar uchun eng kuchli ST skill kombinatsiyasi hisoblanadi.

Ko‘pchilik:

> “Yangi Makélélé CMF Top 3'ga kira oladimi?” deb so‘ramoqda.

I.
🆚 Eski karta bilan taqqoslash

Oldingi Visionary Pass + Long-reach Tackle Makélélé bilan solishtirganda yangi kartadagi o‘sishlar:

Offensive Awareness +4

3 ta asosiy Dribbling statlari +1

Lofted Pass +3

Defensive Awareness +2

Speed +2

Stamina +2

Meta darajadagi Top karta uchun bunday stat o‘sishi ancha sezilarli.

ST Skilllar — eng katta upgrade

Eski kartadagi Visionary Pass olib tashlanib, uning o‘rniga:

Phenomenal Passing + Shadow Hunt berilgan.

Bu o‘zgarish oddiy stat boostlardan ham kattaroq upgrade.

Hozirgi fluid formationlardan foydalansangiz, Makélélé'ni:

Hujumda → CMF

Himoyalanishda → DMF

sifatida ishlatish mumkin.

Himoyaga qaytganida Shadow Hunt ishga tushadi.

Bu Makélélé'ning o‘yin profiliga juda mos.

Ball-carrying CMF sifatida

Makélélé to‘pni oldinga olib chiqayotganda ba'zan noqulay burchakdan pas berish muammosiga duch kelishi mumkin.

Phenomenal Passing aynan shu muammoni hal qiladi.

Shadow Hunt esa juda katta masofani bosib o'tib, himoyaga qaytishga qaratilgan All-action Defender bilan juda yaxshi mos tushadi.

II. ⚔️ To‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash

Makélélé quyidagi jihatlarda ustun:

🛡️ Defending

💢 Aggression

⚽️ To‘p bilan o‘ynash hissi

Ammo oldinga faol yuguradigan yarim himoyachi uchun uning juda yomon Finishing'i doimiy muammo bo‘lib qoladi.

🆚 Makélélé vs Matthäus

Aslida Makélélé eng ko‘p Matthäus bilan taqqoslanishi kerak.

Makélélé'ning eng o‘ziga xos jihati:

174 cm bo‘y + 13 Leg Length + 14 Shoulder Width

Bu kombinatsiya uning Player Model kengligini taxminan 180 sm futbolchiga teng qiladi.

Natijada ikkita muhim afzallik olinadi:

1. Dribbling juda yaxshi his beradi.
2. Interception qilishda model kengligi yordam beradi.

Matthäus esa:

Uning kuchli bo‘lib qolishining asosiy sababi — shooting.

Aslida Matthäus deyarli yagona:

qisqa + chaqqon + Box-to-Box + yaxshi zarba bera oladigan CMF hisoblanadi.

Shuning uchun uning o‘ziga xos “niche”i bor.

III.
🧠 Player Characteristics

Yangi Makélélé All-action Defender.

Bu PlayStyle'ni oldin Andersonda ko‘rganmiz.

Uning defensive coverage'i juda katta.

Hatto ayrim holatlarda u Deep Line instruction berilgandek orqaga qaytib ketadi.

Shuning uchun All-action Defender'ni The Destroyer'ning recovery'ga ko‘proq e’tibor qaratadigan versiyasi deb tasavvur qilish mumkin.

Ikkalasi ham: “mad runner” — juda ko‘p yuguradigan va himoyada doim faol bo‘ladigan tip.

Himoyadagi presence'i juda kuchli.

⚽️ Hujumdagi AI

Yangi Makélélé'ning attacking PlayStyle'i Basic.

Bu uning oldingi Destroyer Makélélé versiyasi bilan bir xil.

Oldingi Destroyer Makélélé himoyalanish paytida o‘zining boshlang‘ich pozitsiyasidan ancha uzoqqa chiqib ketgani sababli hujumda ham juda faol bo‘lardi.

Endi All-action Defender ham himoyada juda ko‘p yuguradigan PlayStyle bo‘lgani uchun yangi Makélélé'ning hujumdagi positioning'i ham oldingi versiyasidan unchalik farq qilmasligi kutilmoqda.

Ya’ni u: juda faol hujumga qo‘shiladi, hatto Box-to-Box CMF'dan biroz faolroq bo‘lishi mumkin.

Makélélé'ning doimiy kuchi

Makélélé kartalarining eng katta afzalligi har doim:

🛡️ Ultimate defending

⚽️ Juda yaxshi on-the-ball feel bo‘lib kelgan.

Yangi karta ham ikkala jihatni saqlab qolgan.

🏆 Yakuniy xulosa

Makélélé Top 3 CMF'lardan ustun bo‘ladigan jihatlarning barchasini oldingi kartasi ham qila olardi.

Yangi Makélélé — aslida eski Makélélé'ning: “Pro Max” versiyasi.

Statlar yaxshilangan, Visionary Pass → Phenomenal Passing + Shadow Hunt juda katta upgrade, All-action Defender esa uning himoyadagi asosiy kuchini yanada oshiradi.


📲 Kanal @eFHub_Rasmiy

💸 Coins @eFHub_Danat

🛍 Shop @eFHubUz_Shop
❤5🗿2
September 7, 2026 758 2