Texnikumlarning to‘lmagan kasblariga akademik litseylarga oʻqishga tavsiya etilmagan lekin, texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilishga ruhsat berilmoqda.
Shunga asosan quyidagilarga e’tibor qaratishingiz so‘raladi:
✅ 2026-yil 3-sentabrdan 7-sentabr kuniga qadar (shu kuni ham) 2026/2027 o‘quv yilida akademik litseylarga oʻqishga tavsiya etilmagan lekin, texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlardagi vakant o‘rinlarga qabul qilish;
✅ Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hamda xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘tkazilgan yozma imtihon natijalariga ko‘ra tavsiya etilmagan o‘quvchilarni ularning xohish-istaklari va tanlagan kasblarini inobatga olgan holda qabul parametrlari to‘lmagan kasblarga yoki qabul rejasi bajarilmagan boshqa texnikumlarga yo‘naltirish;
✅ 2026/2027 o‘quv yilida texnikumlarga 9-sinf negizida qabul qilingan 1-bosqich o‘quvchilarining guruhlarini amaldagi tartib asosida shakllantirishni tashkil etish.