🇯🇵 Yaponiyada yashash qimmatmi?
Rostini aytsam, hammasi sizga bog‘liq! 😁
Yaponiyaga o‘qishga kelishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ko‘pchilikda bitta savol bo‘ladi:
💭 “Yaponiya juda qimmat mamlakat emasmi?”
Aslida esa vaziyat biroz boshqacha. 👀
🎓 Universitet to‘lovlari (turlicha bo'lishi mumkin...)
Milliy universitetlarda o‘qish to‘lovi taxminan 500,000 yen/yil, xususiy universitetlarda esa ko‘pincha 1 million yen yoki undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Bu arzon emas, albatta, lekin dunyoning ko‘plab universitetlari bilan solishtirganda nisbatan qulay.
🍱 Ovqatlanish
To‘g‘ri joyni bilsangiz, Yaponiyada hamyonbop ovqat topish mumkin, albatta halol ovqatlar ham bor. Masalan, 500 yen atrofida mazali va to‘yimli ovqat topish mumkin. Konbini va universitet kafeteriyalari ham talabalarga ancha qulay bo'ladi ba'zida.
👨🍳😎 Uyda ovqat tayyorlash — katta tejash!
Kaminaning Toshkentda bir necha yillab yolg'iz yashash tajribasidan kelib chiqsak, uyda ovqat tayyorlash oyiga taxminan 30,000 yen atrofida tushishi mumkin. Tashqarida ovqatlanish esa 50,000–60,000 yen yoki undan ham ko‘proqqa aylanishi mumkin.
Shuning uchun kaminadan kichik maslahat: 🤓
👉 Yaponiyaga kelgach, hech bo‘lmasa bir nechta oddiy taomlarni o‘zingiz tayyorlashni o‘rganing. Iloji bo'lsa kelishdan avval osh, yoki shashlik tayyorlashni ham o'rganib oling. Pul ham tejaysiz, yangi do'stlarni ham tezroq to'playsiz. 😄
🏠 Uy masalasi
Bu yerda biroz ehtiyot bo‘lish kerak.
Chet elliklar uchun barcha ijara kompaniyalari ham qulay emas. Shuning uchun Yaponiyaga kelishdan oldinroq uy-joy bozorini o‘rganib chiqish yaxshi fikr.
🔎 Ingliz tilida xizmat ko‘rsatadigan agentliklarni qidiring, variantlarni solishtiring va imkon bo‘lsa, kvartirani o‘zingiz borib ko‘rib keyin qaror qiling.
💰 Scholarship juda katta yordam beradi
Ko'plab talabalar JASSO va boshqa scholarshiplar orqali o‘qish, ijara va kundalik xarajatlarini yengillashtirishgan.
Shuning uchun Yaponiyaga o‘qishga topshirayotgan bo‘lsangiz, scholarship imkoniyatlarini ham albatta tekshirib ko‘ring. 🎓
🏫 Yana bir yaxshi variant — universitet dormitorysi (yotoqxonasi). Ayniqsa birinchi yillarda ancha tejamkor bo‘lishi mumkin.
🇯🇵 Xulosa:
Yaponiyada yashash narxi hammaga bir xil emas. Qaysi davlatdan kelayotganingiz, qayerda yashashingiz, qanday ovqatlanishingiz va pulingizni qanday boshqarishingiz juda katta farq qiladi.
Eng muhim maslahatlar:
✅ Oldindan research qiling
✅ Scholarship imkoniyatlarini izlang
✅ Dormitory variantini ko‘rib chiqing
✅ Uyda ovqat tayyorlashni o‘rganing
✅ Xarajatlaringizni yozib boring
✅ Eng yaxshi narxlarni solishtiring
✅ Faqat “Yaponiya juda qimmat” degan gapga ishonib qolmang
Yaponiyaga ketishdan oldin reja + research + budget — mana shu uchlik sizga juda ko‘p yordam beradi. 🇯🇵✨
Siz Yaponiyada bo‘lsangiz, oylik xarajatlaringiz taxminan qancha?
Tajribangizni kommentariyada yozib qoldiring 🤔👇
#StudyInJapan #JapanEducation #MEXT #StudyAbroad #JapanUniversity #Scholarship #Education #CostOfLiving #LivingInJapan
https://t.me/ismoilsjapanese
Forwarded fromイスモイル の 日本
Telegram
イスモイル の 日本
ここでは日本と日本語について学ぶことができます。ようこそ。
Bu yerda Yaponiya va Yapon tili haqida ma'lumotlar bilan bo'lishaman. Xush kelibsiz.

1
1
1
1
1September 2, 2026 110