Xorazmda Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali ochiladi… — EDUMED | Tibbiyot Portali — TG.ME

❗️Xorazmda Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali ochiladi: o’qish to’liq davlat granti asosida

Bu bo’yicha Prezident qarori qabul qilindi.

🗓 Unga ko‘ra, filialda ta’lim jarayoni 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi.

Ta’lim 🇺🇿o‘zbek, 🇨🇳xitoy yoki 🇬🇧ingliz tillarida olib boriladi.

👨‍🎓 O‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tashkil etiladi.

🎓 2030/2031-o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

💰 2030/2031-o‘quv yilidan boshlab  qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.

📚 Filial talabalarining amaliyotlari o‘quv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan, dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi.


✅Telegram ✅Instagram ✅Facebook ✅YouTube
⚡1
October 6, 2026 581 3