YHQning 29-bob. 176-bandiga asosan: Ushbu taniqlik belgilari… — E-AVTOMAKTAB — TG.ME

YHQning 29-bob. 176-bandiga asosan:

Ushbu taniqlik belgilari haydovchining xohishiga ko‘ra o‘rnatilishi mumkin:

1. “Shifokor” — shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining oldi va orqasiga o'rnatiladi, ko‘k rangli kvadrat ichida oq doira va uning ichida qizil xoch tasvirlangan maxsus belgi.

2. “Nogironligi bo‘lgan shaxs” — Imkoniyati cheklangan shaxslar boshqarayotgan yoki shunday shaxslarni tashiyotgan transport vositasining oldi va orqasiga o'rnatiladi, sariq rangli kvadrat ichida qora rangli nogironlik belgisi tasvirlangan maxsus belgi.

3. “Haydovchilikni endi boshlagan” — haydovchilik malakasi 2 yildan kam bo‘lgan haydovchi boshqarayotgan mexanik transport vositasining orqasiga o'rnatiladi, sariq rangli kvadrat ichida qora rangli " ! " belgisi tasvirlangan maxsus belgi.

❤️❤️❤️❤️
Obuna bo'ling va YHQ biz bilan o'rganing
👍17❤14😁1
August 11, 2026 7.1K 18