Hafta ajoyib oʻtdi.
20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim.
Bir vaqtlar AT rivojlanishi davrida faol boʻlgan "Dinozavrlar" bilan koʻrishdim. Hozir Vatandan uzoqda yashayotgan boʻlsalar ham, Oʻzbekiston haqida, yurtdoshlarimizga foydali boʻlish haqida oʻylab kelishmoqda.
Hozir Oʻzbekiston internetida faol emas, lekin shu faollikni oshirish haqida gaplashdik. Nasib qilsa, yangilik boʻlishi kerak.
Shu bilan birga turli "Networking" (tanish orttirish) uchrashuvlari boʻldi. Bir biriga foydali boʻladigan tanishlarim koʻp ekan. Faqat bir joyda koʻrishishmagan ekan.
Falonchini tanisanmi, pistonchini bilasanmi?
degan gaplar boʻlar edi. Ancha esdan chiqqan edi. Shuni tiklanayotganini va ijobiy tomonga tiklanayotganini his qildim.
Tanishlaringiz koʻp boʻlsa - yaxshi,
Bir biriga foydali tanishlaringizni bir biriga tanishtirish - a'lo.
Yoshlarga
Har bir zamonning oʻz qahramonlari boʻladi.
Odatda biror kishi erishgan natijasi, amalga oshirgan loyihasi haqida gapiramiz. Ammo ular ham buni boshlaganda natija zoʻr boʻlib ketishini bilishmagan. Harakat qilishgan xolos.
Demak, bu zamon sizniki. Siz hozir boshlang, ertaga sizning qilgan ishlaringiz haqida gapirishadi.
Zamon sizniki.
Falonchiga oʻxshayman deb boshlang va ertaga undan-da koʻp natijaga erishasiz.
28.08.2026 Toshkent
@DrAlgorithm




