❌ UzASBO tizimi bilan integratsiya holati to‘g‘risida ma’lumot Hurmatli DMED tizimi foydalanuvchilari! Ma’lum qilamizki, UzASBO tizimi mutaxassislari yopilgan kasallik varaqalarining to‘g‘ri aks etishini sozlash bo‘yicha texnik ishlarni davom ettirmoqda. Shu munosabat bilan ayrim foydalanuvchilar va tashkilotlarda yopilgan kasallik varaqalari UzASBO interfeysida vaqtincha ko‘rinmasligi mumkin. Quyidagilarni inobatga olish muhim: • DMED TTA tomonidan barcha yozilgan va yopilgan kasallik varaqalarini uzatish odatiy tartibda, uzilishlarsiz amalga oshirilmoqda. • Ma’lumotlar muvaffaqiyatli shakllantirilgan va turdosh tizimda qayta ishlanishini kutmoqda. Vaziyatga tushunish bilan yondashishingizni va bemorlarga tibbiyot muassasalari hamda DMED tizimi tomonidan barcha zarur harakatlar to‘liq bajarilganini tushuntirishingizni so‘raymiz. UzASBOdagi hamkasblar ushbu noqulaylikni tezkorlik bilan bartaraf etish ustida ishlamoqda. To‘g‘ri aks ettirishning to‘liq tiklanishi haqida darhol qo‘shimcha ravishda xabar beramiz. Sabringiz va bizni to‘g‘ri tushunganingiz uchun minnatdormiz! ❌DMED || Yangiliklari
UzASBO tizimi bilan integratsiya holati to‘g‘risida ma’lumot Hurmatli… — DMED || Yangiliklari — TG.ME
August 20, 2026 12.5K 2