DMED Imtiyozli yo'llanma bosiqchlari 1-bosqich. Birlamchi tibbiy… — DMED || Yangiliklari — TG.ME

❌DMED Imtiyozli yo'llanma bosiqchlari 1-bosqich. Birlamchi tibbiy bo‘g‘in (Oilaviy shifokor punkti / Oilaviy poliklinika / Idoraviy klinikalar) 🖱️Bemor o‘zining oilaviy shifokoriga murojaat qiladi. Shifokor bemorni ko‘rikdan o‘tkazadi va uni tuman yoki shahar poliklinikasidagi tor mutaxassisga yo‘llaydi. 2-bosqich. Tuman/Shahar darajasi (Markaziy tuman/shahar ko‘p tarmoqli poliklinikalari / Idoraviy klinikalar) 🖱️Tor mutaxassis bemorni tekshiradi va tizimda imtiyozli yo‘llanmani tasdiqlash uchun Viloyat komissiyasiga so‘rov yuboradi. 3-bosqich. Viloyat tibbiy tanlov komissiyasi 🖱️*A variant:* Agar davolanish viloyat darajasida tavsiya etilsa, komissiya so‘rovni tasdiqlaydi va bemorga (yoki uning ishonchli vakiliga) klinikani tanlash imkoniyatini ochadi. 🖱️ *B variant:* Agar davolanish respublika darajasida talab etilsa, komissiya so‘rovni respublika komissiyasiga yuboradi. 4-bosqich. Respublika komissiyasi 🖱️Komissiya taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi (zarurat bo‘lsa qo‘shimcha tekshiruv tayinlaydi) va shifoxonaga yotqizish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiladi. 5-bosqich. Bemor yoki uning ishonchli vakili tomonidan klinikani tanlash 🖱️Bemor (yoki uning ishonchli vakili/qonuniy vakili) mavjud statsionarlar ro‘yxatidan birini tanlaydi. Hozirgi vaqtda ushbu tanlov DMED tizimida oilaviy shifokor tomonidan amalga oshiriladi. ❌DMED || Yangiliklari

August 5, 2026 12.9K