Ulg‘aydik, do‘stim. Ulg‘aydik. Shunchalik ulg‘aydikki, yangi do‘stlar… — Diyorjon | Dasturlash & AI — TG.ME

Ulg‘aydik, do‘stim. Ulg‘aydik. Shunchalik ulg‘aydikki, yangi do‘stlar izlamay qo‘ydik. Bizni sevganlarga ham, biz sevib qolishimiz mumkin bo‘lganlarga ham avvalgidek qiziqmay qo‘ydik. Bir xil kiyimni bir necha marta kiyishdan uyalmay qo‘ydik. Haq bo‘lsak ham, o‘zimizni isbotlashga urinmay qo‘ydik. «Vaqt ko‘rsatadi», deyishni o‘rgandik. Ota-onamiz bizdan xavotir olgan paytlar o‘tdi. Endi esa biz ulardan xavotir ola boshladik. Ichimizdan nimalar o‘tayotganini ham, qalbimizni nima og‘ritganini ham hammaga aytmay qo‘ydik. Yaralarimizni o‘zimiz davolashni o‘rgandik. Quvonchimiz — sukut. Yig‘imiz — sukut. Yashashimiz — sukut. Kulguimiz esa ba’zan shunchaki bir tabassum. Chiroyli gaplarga emas, qalbdan chiqqan amallarga qaraydigan bo‘ldik. Chunki hamma yaltiragan narsa oltin emasligini tushundik. O‘zimiz qiynalayotgan bo‘lsak ham, muhtojlarga yordam berishni, infoq qilishni, boshqalarning g‘amida yurishni o‘rgandik. Kimdir bizni aldayotganini sezsak ham, ba’zan bilmaganga olishni o‘rgandik. Qachon kechirishni, qachon sukut saqlashni, qachon esa ketishni o‘rgandik. Hech kimdan hech narsa kutmaslikni. Hech kimga ortiqcha umid bog‘lamaslikni. Qachon ishonish va kimga ishonish kerakligini o‘rgandik. Va eng muhimi… O‘zimiz bilan o‘zimiz qolib, Alloh bilan kifoyalanishni o‘rgandik. Ulg‘aydik, do‘stim. Ulg‘aydik. Telegram |Youtube

September 1, 2026 107 2 3