Diyorjon | Dasturlash & AI: post #641 — TG.ME

Diyorjon | Dasturlash & AI🚀 90 kunlik challenge boshlayman! Bugundan boshlab 90 kun davomida har kuni bitta video kontentni YouTube va Instagram’ga joylayman. Mavzular: 💻 Dasturlash 🤖 Sun’iy intellekt (AI) 📈 Shaxsiy rivojlanish 🧠 Qanday qilib samarali o’rganish 📚 Ta’lim 💡 Startuplar…
24/90 — Kutilmagan muammo chiqdi 🚧

Instagram akkauntimning yangi auditoriyaga chiqishini cheklab qo‘ydi.

Ya’ni, kontentlarim meni hali kuzatmaydigan odamlarga Explore, Reels va feed orqali tavsiya qilinmayapti.

Eng qizig‘i — sabab aniq emas.
Cheklov qachongacha davom etishi ham noma’lum.

Shu 24 kun ichida biror kun ham qoldirmasdan har kuni kontent joyladim. 🎯
Natija: 46 → 2 837 obunachi.

Lekin men har kuni kontent chiqarishda davom etaman.

Chunki bu challenge’ni faqat follower yoki views uchun boshlamagandim.

Maqsadim — 90 kun davomida kontent yaratishni amalda o‘rganish, tajriba qilish va o‘rganganlarimni boshqalar bilan bo‘lishish.

Diyorjon Allanazarov
11.08.2026
👍4🤔1
August 11, 2026 310 9