Bir yil avval dunyoga kelganingda, hayotimizda yana bir mo‘jiza yuz bergan edi. Sen o‘zing bilan hayotimizga nur, baxt va cheksiz muhabbat olib kelding. Har bir kulishing, har bir harakating, dunyoni qanday kashf etayotganing biz uchun juda ham qimmatli va oʻzgacha hisyot beradi.
Sen bilan har bir kunimiz ma’noli, har bir lahzamiz yodda qoladigan xotiralarga boy. Hali o‘sib, katta qiz bo‘lasan, lekin bugungi kichkina qizcham yillar o‘tgan sari mening qalbimda o‘zgarmas xotira bo‘lib qoladi. Senga har doim ota mehrimni bera oladigan, seni himoya qiladigan va qo‘llab-quvvatlaydigan inson bo‘lib qolaman.


