Telegram ilovasi yangilandi, asosiy o’zgarishlardan: — O’xshash… — Diyor Digital — TG.ME

⚡️Telegram ilovasi yangilandi, asosiy o’zgarishlardan:

O’xshash kanallar tavsiyalari. Yangi kanalga obuna bo’lganingizda, shu kanalga o'xshash kanallar ro’yxati chiqadi. Ustiga bosib ularga ham obuna bo’lish mumkin.

Ovozli xabarlarni matn ko’rinishida o’qish. Endi hatto premiumga ega bo’lmaganlar ham bu funksiyadan foydalanishlari mumkin, ammo chegaralangan - haftada 2 ovozli xabarni matnga ko’chirish mumkin

Kanallarning shaxsiy reaksiyalari. Kanal egalari reaksiyalarga o’zlarining shaxsiy reaksiyalarini qo’shishlari mumkin bo’ladi. Ularning soni kanalga berilgan ovozlar (boost) soniga qarab o’zgaradi.

Shaxsiy suhbatlardagi fon rasmi. Premium foydalanuvchilar o’zlari va suhbatdoshi uchun fon rasmini tanlashlari mumkin.

Bundan tashqari, bir qator kichik o’zgarishlar mavjud — masalan, endi Stories'larni repost qilib, unga video xabarlarni qo’shishingiz va uning statistikasini ko’rishingiz mumkin.

📢 Batafsil oʻqish uchun havola
👍4
December 1, 2023 1.2K 2 3