🇺🇿📚 "Davlatimiz ramzlari muqaddas" 🇺🇿📚
✨ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Mingbuloq tumani 15-maktab tarix fani o‘qituvchisi Begaliyev Dostonbek tomonidan "Davlatimiz ramzlari muqaddas" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🗣 Tadbir davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasining yaratilish tarixi, ularning mazmun-mohiyati hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
🧠🏆 Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini ham o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan o‘yinda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
🥇 1-o‘rin — "Noor Chool" jamoasi🥈 2-o‘rin — 6-"D" sinfining "To‘maris avlodlari" jamoasi
🥉 3-o‘rin — 6-"D" sinfining "Do‘stlar" jamoasi egallashdi
👏 G‘olib jamoalarni muborakbod etamiz va ularga kelgusi tanlovlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga sadoqat va muhabbatning yorqin ifodasidir!
7
1June 19, 2026 981








