1. Sizdan birinchi kundanoq mustaqil bo‘lish kutiladi. Hech kim sizni… — 🇦🇺 with Dimir — TG.ME

1. Sizdan birinchi kundanoq mustaqil bo‘lish kutiladi.
Hech kim sizni qo‘lingizdan yetaklab yurmaydi. Lectures yo‘l-yo‘riq beradi, ammo haqiqiy tushuncha mustaqil o‘qish orqali keladi.
2. Professorlar ochiqko‘ngil va yordam berishga tayyor, lekin siz o‘zingiz birinchi boshlashingiz kerak.
3. Tanqidiy fikrlash yod olishdan muhimroq.
Agar faqat nusxa ko‘chirib topshirsangiz, qiynalasiz.
4. Guruhli topshiriqlar sabringizni imtihonlardan ham ko‘proq sinaydi.
5. Imtihonlar har doim ham “qiyin” bo‘lavermaydi, lekin ular application-based hisoblanadi. Agar mavzuni tushinmagan bo‘lsangiz, bu darrov bilinadi.
6. Sun’iy intellekt vositalari o‘rganishda yordam berishi mumkin, ammo imtihon zalida sizni qutqara olmaydi.
7. Dars qoldirsangiz, hech kim parvo qilmaydi. Ammo baholaringizga albatta negativ ta’sir qiladi.
8. Bu yerda siz tez ulg‘ayasiz — ham ilmiy, ham shaxsiy jihatdan. Chunki bunga majbursiz.


@dimiraustralia
🔥6🆒3⚡2🕊1
April 16, 2026 199 2