Eng qizig’i, bu natija professional kamera yoki qimmat reklama orqali emas, oddiy selfi formatida olingan bitta video orqali amalga oshdi. Ushbu videoni Shamsiboy loyihamiz sahifasiga joyladik.
Natijalar:
• 21 000+ ko’rilish.
• 15 tadan ortiq dush kabinasi sotildi.
• Jami 50 million so’mdan ortiq savdo amalga oshdi.
Bu natija menga yana bir narsani isbotladi: Kontentning qiymatini ko’rilishlar soni emas, sotuv natijasi belgilaydi.
Ko’pchilik millionlab ko’rilish ortidan quvadi. Biz esa kontentni to’g’ri auditoriyaga yetkazishga e’tibor qaratamiz. Natijada kamroq ko’rilish ham real mijoz va real daromad olib kelishi mumkin.
Marketingning asosiy maqsadi — layk yig’ish emas, biznesga pul olib kirish.
