AQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasman ochildi… — Daryo | Rasmiy kanal — TG.ME

AQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasman ochildi

Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatning birinchi konsullik muassasasi ekanini ta'kidlab, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamligini qayd etdi.

Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladi.

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
September 5, 2026 48.1K 2