Bugun Markaz nafaqat O‘zbekiston bojxona va huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun mutaxassislar tayyorlaydi, balki xorijiy davlatlarning kinolog xodimlari va xizmat itlarini tayyorlashda ham muhim o‘rin tutmoqda.
So‘nggi yillarda Markazda Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Armaniston, Mo‘g‘uliston va Erondan kelgan 220 nafar xorijiy kinologning malakasi oshirilib, 200 dan ortiq xizmat iti turli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlab berildi.
Markazda parvarishlanib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlanayotgan xizmat itlariga xalqaro miqyosda qiziqish tobora ortib bormoqda.
Masalan, hozirga qadar Markaz mutaxassislari tomonidan tayyorlangan 22 bosh xizmat itidan Janubiy Koreya va Tojikiston bojxona xizmatlarida keng foydalanilmoqda.
Mazkur raqamlar Toshkent shahridagi Milliy kinologiya markazining kinologlarni professional darajada tayyorlash, xizmat itlarini yetishtirish va yuqori darajada tayyorlash, shuningdek, xalqaro hamkorlik va tajriba almashish borasida tobora muhim markazga aylanib borayotganini amalda namoyon etmoqda.
September 7, 2026 2.6K