7_kinologiya_forumi Ta’kidlash joizki, joriy yilda Bojxona… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#7_kinologiya_forumi

Ta’kidlash joizki, joriy yilda Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tashkil etilganiga 30 yil to‘lmoqda.

Bu maskan O‘zbekiston bojxona tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘libgina qolmay, o‘ttiz yillik tarix, tajriba va professional an’analar shakllangan muhim dargoh hisoblanadi.

1996-yildan buyon faoliyat yuritayotgan Markaz o‘tgan yillar davomida kinolog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xizmat itlarini yetishtirish va tayyorlash bo‘yicha katta tajriba to‘pladi.

Markazga 2008-yilda Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy kinologiya markazi maqomi berilgani uning xalqaro darajadagi salohiyati va tajribasi e’tirof etilganining muhim ko‘rsatkichi bo‘ldi.

Milliy kinologiya markazida kinologlar va xizmat itlari giyohvandlik vositalari, sintetik va psixotrop moddalar, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklari, tamaki mahsulotlari, o‘simliklar va ularning urug‘lari, fauna obyektlarini qidirish yo‘nalishlarida tayyorlanadi.

Shuningdek, minalarni qidirish, qidiruv-qutqaruv, himoya-qorovul, iz-qidiruv va aksilterror yo‘nalishlari ham qamrab olingan.
September 7, 2026 2.9K 5