Ayni daqiqalarda Toshkentda 7–9-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan Jahon bojxona tashkilotining 7-Global kinologiya forumi oʻz ishini boshlamoqda.
Forumning ochilishida Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Yan Sanders, Bojxona qoʻmitasi Raisi A.Mavlonov, shuningdek, Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo 50 dan ortiq davlatlarning bojxona xizmati vakillari hamda 15 dan ortiq xalqaro tashkilotlar ekspertlari jami 150 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda.
Uch kunlik forum doirasida jahon bojxona hamjamiyati va kinologiya sohasi mutaxassislari bir maydonda jamlanib, zamonaviy chegara-bojxona xavfsizligi, xizmat itlarini tayyorlash va kinologiya xizmatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
Shuningdek, xizmat itlaridan foydalanishning zamonaviy usullari, kinolog xodimlarni tayyorlashning ilgʻor yondashuvlari, oʻquv jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xizmat itlarini yetishtirish va veterinariya taʼminoti, kinologiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda sohada xalqaro standartlarni qoʻllash masalalari atroflicha koʻrib chiqiladi.
September 7, 2026 3.6K 15








