yoshlar_kuni Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i F.Artikov… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#yoshlar_kuni

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i F.Artikov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Unda yosh xodimlarning kasbiy rivojlanishi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ustoz-shogird an’analarini yanada mustahkamlash hamda har bir xodimning o‘z ustida muntazam ishlashi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida xizmat vazifalarini vijdonan va sidqidildan bajarib kelayotgan, kasbiy mahorati, xizmat intizomi hamda faoliyatidagi yuqori natijalari bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar munosib rag‘batlantirildi. Jumladan, bir qator xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xizmatga bo‘lgan sadoqatini mustahkamlash va Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilishga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.


Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yosh xodimlarga xizmat vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
September 3, 2026 2.3K 4