qonunchilikdagi_yangiliklar 2027-yil 1-iyundan boshlab: ✔️ Bojxona… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#qonunchilikdagi_yangiliklar

2027-yil 1-iyundan boshlab:


✔️ Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta rasmiylashtirish orqali:

➡️ reeksport qilishda qonunchilikda belgilangan talablar bajarilgan hamda tovarlar bo‘yicha chegara bojxona postida bojxona nazorati yakunlangan taqdirda, ilgari to‘langan bojxona boji va soliqlar qaytariladi;

➡️ tovarlar bojxona to‘lovlari to‘lanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga qabul qilingan sanadan boshlab bir yil ichida lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish mamlakati to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda, eng ko‘p qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi tiklanadi.
September 2, 2026 2K 22