Ingliz tilini o'rganishni boshlagan o'quvchilar qiladigan TOP 3 ta… — Cornell English School — TG.ME

Ingliz tilini o'rganishni boshlagan o'quvchilar qiladigan TOP 3 ta xato

1. So‘zlarni kontekstsiz yodlash

Ingliz tilida so‘z alohida ma’no bermaydi, uni gap ichida ko‘rganda ma’no aniq bo‘ladi, ishlatilish qoidasi ko‘rinadi va natijada so‘z yoddan chiqmaydi

Ingliz tilida ko‘p so‘zlar 3–5 xil ma’noga ega

Misol uchun:

Light - yengil
Light - yorug‘
Light - yoqmoq kabi


Kontekst bilan o’rganganda esa miya alohida so’zlarni emas gaplarni oson eslaydi

Shuning uchun alohida so‘zni emas unga qo'shimcha tarzda 3-4 so’zdan iborat bo’lakni yodlang

2. Praktikadan ko’ra teoriyaga ko’proq urg‘u berish

Keling birinchi teoriya nima degan savolga javob bersak.
Ingliz tilini o‘rganishda teoriya degani — qoidalar, tushunchalar, strukturani o‘rganishdir(Grammatika,so’z tuzilishi,til strukturasi,fonetik qoidalar, nazariy tushunchalar va hokazo)
Ya’ni, amalda gaplashmasdan yoki mashq qilmasdan oldin tilning “qurilish qoidalari”ni bilish. Teoriya ham yaxshi bo'lsa tilni tushunib o'rganishingiz osonroq bo’ladi, lekin amalda qo‘llanmagan nazariya ko‘pincha yoddan tez ko’tariladi va faqat nazariyaning o’zi ko‘p o’quvchilarni shu yerning o‘zida zeriktira boshlaydi

3. Aniq tizim va rejaning yo‘qligi

Ingliz tilini o‘rganishda tizim va rejaning yo‘qligi — bu o‘qish jarayonida “qayerdan boshladim, qayerga ketayapman, keyin nima qilaman?” degan savollarga javob bo‘lmasligi demakdir. Bu odatda o‘rganish jarayonini sekinlashtiradi.

Eng katta minuslariga kelsak:

• O‘zgarish ko‘rinmaydi
Reja bo‘lmasa o‘zingizni tekshira olmaysiz, qayerga yetdingiz, qanchalik o‘rgandingiz, nimani bilmayapsiz bularni aniqlay olmaysiz

• Motivatsiya tez tushadi
Natija ko‘rinmagani uchun odamning xafsalasi pir bo’ladi. Men o‘qiyapman, lekin foydasi yo‘q, degan fikrga keladi

Post foydali bo’lgan bo’lsa 🔥yuboring va savollaringiz bo’lsa kommentariyada yozib qoldiring👇
🔥4😍3❤2🥰1
December 6, 2025 1.3K 10 4