General English | Sayidazimxon: post #1100 — TG.ME

Bilimni baholash agentligi💼 Muhim: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
Bu yerda e'tibor berish kerak bo'lgan 1 muhim jihat bor, aytilyabdiki, siz registratsiya qilguningizgacha, imtihon kunlari uchun joylar to'lib qolsa, siz Farg'onada topshira olmaysiz, boshqa viloyatda topshirishingizga to'g'ri keladi, avvalgidek qo'shimcha kunlar qilib berilmaydi.

O'zingiz hohlagan joyda topshirish uchun, avvalroq registratsiya qilishga harakat qiling.

"Joy to'lib qolsa, qabul yopiladi degani. Hozir sentabr uchun qabul ochiq turibdi"
🔥3
August 18, 2026 192