Hayrli kun barchaga! Xabaringiz bor Coursera bo'yicha professional… — TUIT | CEngineering | Rasmiy kanal — TG.ME

Hayrli kun barchaga!

Xabaringiz bor Coursera bo'yicha professional kurslarni bepul o'qish uchun talabalarga "account" ochib berilmoqda va O'tgan o'quv yilida 150 nafar talabga ushbu imkoniyat taqdim qilingandi.

Hozirda ushbu talabalar ro'yxatini yangilash amalga oshirilmoqda.

Kimda Coursera professional kurslarini bepul o'qish, xalqaro IT ko'nikmalarga ega bo'lish va asosiysi portifoliosini boyitish istagida bo'lganlar bo'lsa, ro'yxatdan o'tish uchun 31-oktabr soat 12:00 gacha @AbdusalomovHosilbek ga ma'lumotlaringizni yuboring.

1. To'liq FIO
2. Guruh
3. Email manzili (ishchi holatda bo'lishi shart)
4. JSHSHIR
5. Telefon raqam

Hamkorlik uchun oldindan rahmat!

Izoh: Yuqorida berilgan Email manzili orqali Coursera platformasidan ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi.
October 30, 2025 3.6K 61