Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yanada oshirish va ilmiy asosda tahlil qilish maqsadida talabalar o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Mazkur so‘rovnoma ta’lim jarayoni samaradorligini baholash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
So‘rovnoma to‘liq anonim tarzda o‘tkaziladi, ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari to‘planmaydi va faqat umumiy statistik ma’lumotlar tahlil etiladi.
So’rovnoma survey.edu.uz platformasida bo’lib o’tadi.
Hurmatli talabalar, o‘z fikr va takliflaringizni bildirib, ta’lim sifatini yanada takomillashtirish jarayoniga o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz.
RAQAMLI TA’LIM MARKAZIDAN, RAQAMLI TA’LIM XIZMATLARI