CAYOTSS: post #2305 — TG.ME

Chanoq-son bo'g'imi endoprotezlash dan keyin qat'iy harakat cheklovlari haqiqatan ham kerakmi?

JBJS jurnalida chop etilgan yirik ko'p markazli tadqiqot (10,357 bemor, 7 kasalxona, Niderlandiya) qat'iy va minimal harakat cheklovlarini taqqosladi.
Natija: minimal cheklov guruhida dislokatsiya 1.93%, qat'iy cheklov guruhida 1.46% (p=0.093 — statistik ahamiyatli farq yo'q). Yosh, BMI, jins, bosh o'lchami va yondashuvga tuzatish kiritilgandan keyin ham farq sezilarli emas (Odds Ratio 1.25, 95% CI 0.86–1.82). Aksincha, dislokatsiya xavfiga protez bosh o'lchami, jins va jarrohlik yondashuvi ko'proq ta'sir ko'rsatdi, harakat cheklovlari emas(3-jadval AI tarjima).

Xulosa: operatsiyadan keyingi qattiq ko'rsatmalarini yumshatish bemorlar uchun tezroq va qulayroq tiklanishga yordam berishi mumkin, dislokatsiya xavfini oshirmagan xolda.

Read the original article
👍3
August 23, 2026 137 1