Rotator manjeta yirtilishi: simptomsiz kechishi mumkin Schibany et al… — CAYOTSS — TG.ME

Rotator manjeta yirtilishi: simptomsiz kechishi mumkin

Schibany et al (Eur J Radiol, 2004) 212 nafar to'liq simptomsiz ortopedik bemorni (18–85 yosh) elka UTT va Constant Score bilan tekshirgan.

Natijalar:
🔹 6 % (13 nafar) supraspinatus payining to'liq yirtilishi aniqlangan — barchasi 56–83 yoshda
🔹 Yosh oshgani sayin tarqalganlik ortgan: <50 yosh — 0%, 60–69 yosh — 14%
🔹 90% - MRT tashxisni tasdiqladi
🔹 Bemorlar og'riq va faollik cheklovi sezmagan, lekin kuch ko'rsatkichi sezilarli past bo'lgan (p<0,01)

Xulosa: MRT yoki UTTda topilgan yirtilish alohida emas, balki bemorning klinik ko'rsatkichlari kontekstida ko'rib chiqilishi kerak— u yolg'iz o'zi jarrohlik uchun asos bo'la olmaydi.

📖 Schibany N, et al. Eur J Radiol 2004;51:263–268
🔥1🤔1
August 22, 2026 134 1