🎭🎶 LOCHIN OROMGOHIDA “KLIP SHOU” BO‘LIB O‘TDI 🎶🎭
Lochin bolalar oromgohida “Klip shou” tadbiri yorqin va unutilmas chiqishlarga boy tarzda tashkil etildi. Har bir jamoa tanlangan qo‘shiq asosida sahnada o‘ziga xos klip ko‘rinishini namoyish etib, aktyorlik mahorati, raqs va ijodiy yondashuvini namoyon qildi.
Rang-barang obrazlar, qiziqarli ssenariylar va jo‘shqin ijrolar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ishtirokchilarning sahnadagi ishonchli chiqishlari tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
🌟 Har bir chiqish — yangi g‘oya, har bir sahna esa unutilmas taassurot! "Klip shou" barchaga quvonch va iliq xotiralar ulashdi.
📲 Oromgoh hayotidagi eng qiziqarli lahzalarni kuzatib boring:
Telegram:
https://t.me/camp_lochin
Instagram:
https://www.instagram.com/lochin_bolalar_oromgohi
#LochinOromgohi #KlipShou #IjodkorBolalar #Sahna #LagerHayoti #Lochin2026
July 30, 2026 649 4








