Camp foryou 🏕: #4142-post — TG.ME

🔎 Markaziy Osiyo analitiklari va media mutaxassislari uchun stajirovka

Markaziy Osiyoda Tinchlikparvarlik va Media Texnologiyalari Maktabi tadqiqot va media monitoring bo‘yicha yillik stajirovka dasturiga qabul e’lon qildi.

🌍 Kimlar qatnasha oladi:
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistondan analitiklar, media sohasi vakillari hamda ommaviy kommunikatsiyalar, huquqshunoslik, madaniyatshunoslik va antropologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar.

📅 Boshlanishi: 15-noyabr 2026
💻 Format: onlayn yoki oflayn
🎓 Yakunda: sertifikat

Stajirovka davomida:
➡️ zamonaviy tahlil va AI tadqiqot vositalari;
➡️ raqamli etika va Yevropa tajribasi;
➡️ media monitoring va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
➡️ ma’lumotlar bazalari bilan ishlash o‘rganiladi.

Ishtirokchilar mentorlar rahbarligida bir nechta tadqiqotlarda ham qatnashadilar.

📌 Tanlovda hududiy va ingliz tillarini bilish, diqqatlilik, analitik fikrlash, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash hamda tadqiqot metodologiyasiga rioya qilish muhim hisoblanadi.

📩 Ariza topshirish:
Motivatsion xat va kamida 2 nafar tavsiya beruvchining aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan CVni quyidagi emailga yuboring:
[email protected]

Mavzu: «На стажировку»

Dedlayn: 30-sentabr 2026, Bishkek vaqti bilan 18:00.


@camp_foryou
❤‍🔥6