Yaponiyada elektronika va elektrotexnika sohasida ishlashni… — CAL Yapon IT kompaniyasi — TG.ME

🇯🇵 Yaponiyada elektronika va elektrotexnika sohasida ishlashni xohlaysizmi? 🇯🇵 🚀 Endi Yaponiyada professional faoliyatingizni boshlash imkoniyati sizni kutmoqda! CAL Co., Ltd. kompaniyasielektronika va elektrotexnika sohasi muhandislarini Yaponiyadagi loyihalar uchun ishga taklif qiladi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 📍 Ish joyi: Yaponiya bo'ylab 💼 Ish turi: Doimiy (Full-time) 🕘 Ish vaqti: 09:00–18:00 (1 soat tushlik tanaffusi) ☀️ Dam olish kunlari: Shanba, yakshanba, davlat bayramlari va kompaniya belgilagan boshqa kunlar 🗓 Yillik ta'til: 125 kun ━━━━━━━━━━━━━━━ 🔧 Asosiy vazifalar Elektr jihozlarini ommaviy ishlab chiqarish jarayonida quyidagi ishlarda ishtirok etasiz: ✔️ Elektr sxemalariga o'zgartirish kiritish ✔️ Sxemadagi o'zgarishlarni sinovdan o'tkazish va baholash ✔️ Standart va texnik reglamentlardagi o'zgarishlarga moslashtirish ✔️ PLC (Programmable Logic Controller) dasturlash ✔️ Ladder diagrammalarini yaratish ✔️ Turli muhandislik loyihalarida ishtirok etish 【 Ishda foydalaniladigan uskunalar 】 ・ Ossilloskop (Oscilloscope) ・ Memory HiCorder ・ Payvandlash uskunasi (Soldering) va boshqa professional jihozlar Kompaniyaga qabul qilinganingizdan so'ng siz uchun: 📚 iznes etikasi (Business Manner) 📚 Mehnat xavfsizligi bo'yicha treninglar 📚 Amaliy kasbiy tayyorgarlik o'tkaziladi. Shundan so'ng haqiqiy loyihalarda Junior Engineer sifatida ish boshlaysiz. Tajribali mutaxassislar rahbarligidagi OJT (On-the-Job Training) orqali bilim va tajribangizni oshirib, kelajakda yuqori malakali muhandis bo'lib yetishishingiz mumkin. ━━━━━━━━━━━━━━━ ⚠️ Talablar ✔️ Bakalavr diplomiga ega bo‘lish ※ Yaponiyadagi senmon gakko (専門学校) bitiruvchilari uchun bakalavr diplomi talab etilmaydi. ✔️ Elektronika yoki elektrotexnika yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lish yoki shu sohaga oid ta'lim dasturini tamomlagan bo'lish ✔️ Ish jarayonida muloqot qila oladigan darajadagi yapon tilini bilish 💡 Hozircha yapon tilini bilmaydigan nomzodlar uchun ham yapon tilini o'rganish bo'yicha maxsus o'qitish dasturimiz mavjud. Batafsil ma'lumotni murojaat qilganingizda taqdim etamiz. ━━━━━━━━━━━━━━━ 💴 Oylik maosh: 260 000 iyenadan boshlab Yakuniy maosh suhbat natijalari, tajriba va bilim darajangizga qarab belgilanadi. ✈️ Yaponiyaga borish va ko'chish xarajatlarini qoplash bo'yicha yordam ko'rsatiladi. 🏠 Yaponiyada uy topish va yangi muhitga moslashish jarayonida ham kompaniya qo'llab-quvvatlaydi. ━━━━━━━━━━━━━━━ ✉️ Batafsil ma'lumot olish uchun Telegram orqali bog'laning: 👤 @CAL_dinora 📞 +998 90 054 23 32 🌐 https://cal.co.jp Sizning murojaatingizni kutamiz!

キャル株式会社TOP | キャル株式会社キャル株式会社のホームページです。「Challenge And Lead」の理念をもとに、これまでに培ってきた実績と確かな技術力で、お客様の課題解決に貢献いたします。
July 21, 2026 1.2K 13