❗️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi
#abituriyent
O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ldi.
💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Ayrim oliygohlarda super-kontrat miqdorlari e’lon qilinmoqda. Jumladan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 29,6 mln so‘mdan boshlanadi.
Eng qimmat miqdor yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishida bo‘lib, 90 mln so‘mni tashkil etmoqda.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, super-kontraktga ariza berish hali boshlanmadi, taxminan sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlansa kerak. Arizalar onlayn qabul qilinadi, oliygohga borish shartmas.
👉 @xushnudbek 👈
2August 17, 2026 379 1



