Kogon tuman sudi tomonidan qidiruvga berilgan shaxs ushlandi va… — Buxoro IIB | Rasmiy kanal — TG.ME

Kogon tuman sudi tomonidan qidiruvga berilgan shaxs ushlandi va tergov hibsxonasiga joylashtirildi
Respublika hududida o‘tkazilayotgan "Qidiruv" tezkor tadbiri doirasida jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha tezkor harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 5-oktabr kuni olib borilgan tadbirlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, sud idoralaridan yashiringanligi sababli Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi tomonidan joriy yilning 2-sentabr kuni qidiruv e'lon qilingan fuqaro — Kogon tumani, "Xo‘ja Yakshaba" MFY, Sheyxlar qishlog‘ida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan M. I. ning yashirinib yurgan manzili aniqlandi.

Kogon tumani IIB TQX JQB mas'ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qidiruvdagi ushbu shaxs Kogon tumani hududida qo‘lga olindi.

Hozirgi vaqtda mazkur shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
October 6, 2026 4.9K 7