Buxoro IIB | Rasmiy kanal: #124804-post — TG.ME

#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Buxoro shahar 1-sonli IIBda «Xavfsiz hudud — dolzarb 30 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda
«Xavfsiz hudud — dolzarb 30 kunlik» tadbirlari doirasida Buxoro shahar 1-sonli Ichki ishlar bo'limida xodimlarga ertalabki yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda shaxsiy tarkibga hududlarda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni jilovlash hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha kunlik aniq vazifalar belgilab berildi. Shundan so‘ng, bo‘limda fuqarolar qabuli tashkil etilib, kelib tushgan murojaatlar batafsil o‘rganildi.

Shuningdek, oilaviy mojarolarni ijobiy hal etish va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar olib borilib, bir nechta oiladagi o‘zaro kelishmovchiliklarga barham berildi.

Amaliy tadbirlar shahardagi «Navbahor» mahallasida davom ettirildi. Asosiy maqsad — kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, hududda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatlarni zudlik bilan fosh etish hamda qidiruvdagi shaxslarni ushlashdan iborat. Bu borada viloyat IIB xodimlari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir davomida hududdagi ko‘ngilochar maskanlar, jamoat joylari va fuqarolar xonadonlarida keng qamrovli o‘rganishlar tashkil etildi. Aholi o‘rtasida jinoyatchilikning, xususan, so‘nggi vaqtlarda ko‘payib borayotgan kiberfiribgarlik holatlarining oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shu bilan bir qatorda, xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida xonadonlar hamda korxona-tashkilotlarga «tashvish tugmalari»ni o‘rnatishning afzalliklari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
September 20, 2026 3.2K 4