Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoro shahrida qidiruvdagi shaxs… — Buxoro IIB | Rasmiy kanal — TG.ME

#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Buxoro shahrida qidiruvdagi shaxs ushlandi va tergov hibxonasiga joylashtirildi
Respublika hududida o‘tkazilayotgan "Qidiruv" tezkor tadbiri doirasida jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha tezkor harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 18-sentabr kuni olib borilgan tadbirlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2-sentabr kuni qidiruv e'lon qilingan fuqaro — Buxoro shahar, "Turki Jandi" MFYda yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan R. O.ning yashirinib yurgan manzili aniqlandi.

Buxoro viloyati IIB TQX hamda JXX YHXB mas'ul xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qidiruvdagi ushbu shaxs Buxoro shahri hududida qo‘lga olindi.

Hozirgi vaqtda mazkur shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube]
September 19, 2026 3.2K 2