Buxoro viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi va joylardagi bo'linma xodimlari tomonidan hududlarda “Terrorizm va ekstremizm — jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda terrorizm va ekstremizmning jamiyat barqarorligi hamda inson hayotiga salbiy ta’siri haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida yot va radikal g‘oyalarning tarqalish sabablari, ularning oldini olish choralari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan shubhali axborotlarga nisbatan tanqidiy yondashish hamda doimo ogoh bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik talablari tushuntirilib, bu kabi tahdidlarga nisbatan befarq bo‘lmaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube




