Buxoro shahridagi 32-umumta’lim maktabida 2026-2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan mehmonlar ustozlar va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy qutladilar. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji 1-sinf o‘quvchilari uchun ushbu kun quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube








