Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»… — Buxoro IIB | Rasmiy kanal — TG.ME

«Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida IIV Buxoro akademik litseyida yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri oʻtkazildi
Tadbirda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari - Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i, litsey rahbariyati, faxriylar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishib, yoshlarni yangi oʻquv yili bilan samimiy qutladilar.

Tadbirda soʻz olganlar mamlakatimizda taʼlim tizimini isloh qilish, ayniqsa, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litseylarni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, taʼlim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara berayotganini alohida taʼkidlashdi.

Tadbirdan soʻng oʻtkazilgan “Mustaqillik darslari”da oʻquvchilarga vatan madhi, istiqlol bergan neʼmatlar va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
September 2, 2026 5.4K 31